O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.07.2022 yildagi PQ-323-sonli qaroriga muvofiq, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi. Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7 oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Taʼlim krediti bo‘yicha foiz stavkalarini so‘ndirish Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, ularni tijorat banklariga to‘lash orqali amalga oshiriladi.
Taʼlim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi
Kredit oluvchi taʼlim kreditini olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Tijorat banklari kredit oluvchi tomonidan taʼlim krediti berishni so‘rab bankka taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan barcha hujjatlarni 5 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqishi va taʼlim krediti shartnomasini imzolashi yoki kredit berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, arizachiga kredit berishning rad etilishi sababi ko‘rsatilgan holda javob xati berishi lozim.