Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17432 marta o'qildi

Hakamlik sudi (doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi yoki muvaqqat hakamlik sudi) — fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarni hal etuvchi nodavlat organ.

Hakamlik sudi turlari:

  • Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi

    Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaxs tomonidan tashkil etilishi mumkin va uning huzurida faoliyat ko‘rsatadi.

    Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaxs doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish haqida qaror qabul qilganida, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalarini va hakamlik sudьyalari ro‘yxatini tasdiqlaganida tashkil etilgan deb hisoblanadi.

    Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaxs uning tashkil etilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalarini hakamlik sudi joylashgan erdagi adliya organiga yuboradi.

  • Muvaqqat hakamlik sudi

    Muvaqqat hakamlik sudi hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan muayyan nizoni hal etish uchun ular tomonidan tashkil etilib, nizo ko‘rib chiqilganidan keyin muvaqqat hakamlik sudi o‘z faoliyatini tugatadi.

    Hakamlik sudida raislik qiluvchi (nizo hay’atda ko‘rib chiqilayotganda) yoxud hakamlik sudьyasi (nizo yakka tartibda ko‘rib chiqilayotganda) hakamlik bitimi nusxasini va muvaqqat hakamlik sudi tashkil etilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani mazkur sud joylashgan erdagi adliya organiga hakamlik muhokamasi boshlanguniga qadar yuboradi.

    Muvaqqat hakamlik sudini tashkil etish tartibi hakamlik bitimi taraflari tomonidan belgilanadi.

Hakamlik sudi tomonidan hal etiladigan nizolar

Hakamlik sudlari fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarni hal etadi.

Hakamlik sudlari ma’muriy, oila va mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa nizolarni hal etmaydi.

Chat