Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6247 marta o'qildi

Yarashuv to‘g‘risidagi ariza
  • yozma shaklda beriladi 
  • jinoyat natijasida etkazilgan zarar bartaraf etilganligi va yarashilganligi munosabati bilan jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimos ko‘rsatiladi

Yarashuv to‘g‘risidagi arizani topshirish

Yarashuv to‘g‘risidagi ariza jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar) yoxud uning qonuniy vakili tomonidan surishtiruv va dastlabki tergovning, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud maslahatxonaga kirishidan oldin berilishi mumkin.

Agar yarashuv to‘g‘risidagi ariza ish birinchi instantsiya sudida sud muhokamasidan o‘tkazilayotganda berilgan bo‘lsa, sud uni darhol ko‘rib chiqishga kirishadi.

Arizani qabul qilish paytida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish bo‘yicha ish yuritishni qayta tiklash to‘g‘risida iltimosnoma berish huquqini yo‘qotishini tushuntirishi shart.

Chat