
Tovarning xavfsizligini tasdiqlash uni sertifikatlashtirish bilan amalga oshiriladi.
- Oziq-ovqat mahsuloti sanitariya, veterinariya, kabi qoidalarga mos bo‘lganda xavfsiz deb e’tirof etiladi.
Tovarni sertifikatlashtirishdan maqsad
- odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulki hamda atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarilishining oldini olish;
- iste’molchini vijdonsiz ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)dan himoya qilish.
Oziq-ovqat mahsulotini sotish yo‘l qo‘yilmaydigan holatlar
- mahsulot sifati belgilangan talablarga nomuvofiq bo‘lsa yoki sertifikatlanadigan mahsulotlar sertifikatga ega bo‘lmasa;
- saqlash va sotish uchun zarur sharoit bo‘lmasa;
- yaroqlilik muddati tugagan bo‘lsa;
- mahsulot qalbakilashtirilgan bo‘lsa;
- mahsulotlarni taqqoslash mumkin bo‘lmasa.
Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar turlari ro‘yxati bilan havolada tanishing.
- Agar sotib olingan tovar (oziq-ovqat) hayot uchun xavfli bo‘lsa, vakolatli organlarga murojaat qilish uchun havolaga o‘ting.
Sertifikatlashtirish qoidabuzarligi uchun javobgarlik
- Majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarga jarima jazosi qo‘llanadi.
- Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va xizmat ko‘rsatish uchun aybdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.