Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 64610 marta o'qildi

Soliq solish ob’ektlarining kadastr qiymati soliq bazasi hisoblanadi.

  • Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi qirq ikki million so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.
  • Soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida – 210 mln. so‘m boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa – 90 mln. so‘m miqdorda soliq bazasi hisoblanadi.
  • Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish ob’ekti bo‘yicha soliq to‘lovchi bo‘lgan taqdirda, soliq bazasi har bir ob’ekt bo‘yicha alohida hisoblab chiqiladi.

Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi.

Soliq solish ob’ektlari

Soliq stavkalari,  foizlarda   

1

Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bo‘lganlari bundan mustasno), boshqa imoratlar, binolar va inshootlar

0,2

2

Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni:

200 kv.m dan va 500 kv.m ga qadar bo‘lgan:

0,25

500 kv.m dan ortiq bo‘lgan:

0,35

3

Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari

0,25

4

Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish ob’ektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari

2

Ahamiyat bering!
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan er uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari egallagan er uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ini to‘lash uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha undiriladi hamda Soliq kodeksining 436-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.

  • Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona er uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.

Ko‘chmas mulk va er solig‘i

Mol-mulk solig‘i kalьkulyatori

Chat