Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 920 marta o'qildi

Uy-joy oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlanishi shart.

Uy-joyni oldi-sotdi shartnomalari notarial tasdiqlash uchun fuqarolar davlat notarial idoralariga murojaat qilishlari lozim.

Notarial idorada uy-joy oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi, taqdim etiladigan hujjatlar va undiriladigan to‘lov miqdorlari bilan havolada tanishing.

Hayotiy misol: uy-joy maydoni bir shaxsga

Savol: Ch. ismli shaxs uy-joy maydonining ijtimoiy normasi qancha ekanligi va ushbu norma qaysi idora tomonidan belgilanishi to‘g‘risida huquqiy tushuntirish berishni so‘radi.

Javob: Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.

Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga 16 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa – 23 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi.

Chat