Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 882 marta o'qildi

Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini to‘lash quyidagi hollarda tugatilish mumkin:

  • jamg‘arilgan mablag‘lar batamom tugaganda;
  • jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini oluvchi jamg‘arilgan summani merosga o‘tkazish maqsadida to‘lovlarni olishdan yozma ravishda notarial tasdiqlagan  xolda voz kechganda;
  • davlat pensiyasini olish huquqini yo‘qotganda.

Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini ushlab qolish yoki to‘xtatib turish

Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini ushlab qolish yoki to‘xtatib turish sud qarorlari va boshqa organlarning qonun hujjatlariga muvofiq ijro etiladigan hujjatlari asosida amalga oshirilishi mumkin.

Undiruvni qarzdorning pensiyasiga qaratish majburiy ijro etish choralaridan biri hisoblanadi.

Hayotiy misol:

Savol: I. ismli shaxs fuqaroning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari qanday hollarda tugatilishi, ushlab qolinishi yoki to‘xtatib turilishi mumkinligini tushuntirishni so‘radi. 

Javob: Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini to‘lash quyidagi hollarda tugatiladi:

shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan mablag‘lar batamom tugaganda;

bunday to‘lovlarni oluvchi shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan jami summani merosga o‘tkazish maqsadida to‘lovlarni olishdan yozma ravishda notarial tasdiqlangan tartibda voz kechganda;

davlat pensiyasini olish huquqini yo‘qotganda.

Shuningdek, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini ushlab qolish yoki to‘xtatib turish sud qarorlari va boshqa organlarning qonunchilikka muvofiq ijro etiladigan hujjatlari asosida amalga oshirilishi mumkin.

Chat