Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 593 marta o'qildi

O‘zbekiston hududida O‘zbekiston fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi, shuningdek chet el fuqarolari o‘rtasidagi nikohdan ajratish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.

  • O‘zbekiston hududidan tashqarida yashab turgan O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekiston hududidan tashqarida yashab turgan eri (xotini) bilan tuzilgan nikohdan, mazkur shaxs qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qat’i nazar, O‘zbekiston sudida ajralishga haqlidir.
  • FHDYo organlarida nikohdan ajralish mumkin bo‘lgan hollarda bunday nikohdan ajralish O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalarida yoki konsullik muassasalarida amalga oshirilishi mumkin.
  • Chet el davlat sudi tomonidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaror asosida O‘zbekiston fuqarosi bilan nikohdan ajratish (qaror qachon chiqqanidan qat’i nazar) ariza beruvchining turar joyidagi FHDYo organida qayd etiladi.
Chat