Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 73330 marta o'qildi

Polojenie o poryadke naznacheniya advokatov v kachestve zaщitnikov v ugolovnom  sudoproizvodstve v APKK — Advokatskaya palata Krasnodarskogo kraya

Barcha fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar buzilgan huquqlari yuzasidan sudga og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qilinadi.


  • Sudlarga ikki xil toifadagi murojaatlar qilish mumkin:
  • Birinchisi, bu oddiy xat tarzidagi (muayyan ish bilan bog‘liq bo‘lmagan) murojaatlar, ya’ni ariza, taklif, shikoyatlar;
  • Ikkinchisi, muayyan nizo yoki ish bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlar, ya’ni ariza, da’vo arizasi, iltimosnoma, shikoyatlar.
  • Birinchi toifadagi murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda, ya’ni sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, 1 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Agar ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddati uzaytirilganda bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
  • Ikkinchi toifadagi murojaatlar tegishlicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda Jinoyat-protsessual kodeksida, ma’muriy sudlarda Ma’muriy sud ishlarini yuritish kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Da’vo arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak
  • ariza berilayotgan sudning nomi;
  • da’vogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar da’vogar tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan eri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili;
  • javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan eri (pochta manzili) hamda rekvizitlari;
  • da’vogarning talabi;
  • agar da’vo baholanishi kerak bo‘lsa, da’voning bahosi;
  • da’vogar o‘z talabiga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlar va da’vogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
  • javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
  • arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ruyxati.

Da’vo arizasiga quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi
  • arz qilinayotgan talablarga asos bo‘lgan holatlarni;
  • javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligini, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
  • davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini;
  • arizani imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatni, agar ariza vakil tomonidan imzolangan bo‘lsa.

 

Ariza - buyruq tartibida ish yuritish bo‘yicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha, shuningdek, ma’muriy ishlar bo‘yicha beriladi.

Da’vo ariza shakliga qo‘yilgan talablar ariza shakliga ham tatbiq etiladi.

Shikoyat - sud hujjatlari ustidan norozi bo‘lib apellyatsiya , kassatsiya shikoyatlari shaklida beriladi.

Chat