Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11443 marta o'qildi

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlariga quyidagi hollarda murojaat etiladi:
  • standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish talablariga javob bermaydigan tovar tufayli unga zarar etkazilganda;
  • sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulot sertifikatsiz sotilganda yoki sertifikatining amal qilish muddati o‘tgan tovar sotilsa;
  • standartlashtirishdan va davlat ro‘yxatidan o‘tmagan import tovari sotilganda;
  • texnik reglamentlar talablarini buzgan holda tovarlardan foydalanilsa;
  • yaroqsiz o‘lchov va sinov vositalari, shuningdek majburiy tekshirishdan (kalibrlash) o‘tmagan o‘lchov vositalari yordamida xizmatlar ko‘rsatilganda.

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlari (davlat inspektorlari) vakolatlari:
  • huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
  • sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarishni taqiqlaydi yoki sotishni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi;
  • standartlarga nomuvofiq bo‘lgan import mahsulotni realizatsiya qilishni taqiqlaydi;
  • ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi va ma’muriy jarima qo‘llaydi.

Davlat reestrlari:
  • Texnik reglamentlar ro‘yxati bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting;
  • O‘lchash vositalari davlat reestri bilan tanishish  uchun ushbu havolaga o‘ting;
  • Davlat reestriga kiritilgan muvofiqlik sertifikatlari ro‘yxati bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.

  • manzil: Toshkent sh,, Farobiy ko‘chasi, 333A-uy
  • veb-sayt: www.standart.uz
  • e-pochta: uzst@standart.uz
  • telefon: (+99871)-202-00-11
Chat