Huquqiy axborot - hammaga, har doim, hamma joyda!

  • 0 marta o'qildi

O‘zbekistonga kirish, chiqish va tranzit vizalari toifalari:
  • diplomatik kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun);
  • diplomatik kirish vizasi (vaqtincha turganlar uchun);
  • diplomatik kirish vizasi (diplomatik pasport egalari uchun turistik);
  • xizmat kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun);
  • xizmat kirish vizasi (vaqtincha);
  • xizmat kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlarining taklifi bo‘yicha);
  • rasmiy kirish vizasi (rasmiy va davlat tashriflari doirasida);
  • ishbilarmonlik kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasining profilь muassasalari va idoralarida akkreditatsiya qilinganlar uchun);
  • ishbilarmonlik kirish vizasi (biznes viza);
  • turistik kirish vizasi;
  • guruhli turistik kirish vizasi;
  • ziyorat kirish vizasi;
  • ishchi kirish vizasi (Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi litsenziyasi asosida);
  • matbuot vakillari uchun kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi TIVda doimiy akkreditatsiya qilingan);
  • matbuot vakillari uchun kirish vizasi («Dunyo» AAda vaqtincha akkreditatsiya qilinganlar);
  • mehmon kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi IIVning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha);
  • mehmon kirish vizasi (xorijiy fuqarolarning taklifi bo‘yicha);
  • vatandoshlar uchun kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi IIVning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha);
  • talabalar kirish vizasi (oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davriga);
  • o‘quv kirish vizasi (doimiy asosda — ta’lim davriga);
  • o‘qituvchilar kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy asosda ishga joylashishda);
  • akademik kirish vizasi (vaqtincha asosda);
  • tibbiy kirish vizasi;
  • ekipaj uchun kirish vizasi;
  • haydovchilar uchun kirish vizasi;
  • chiqish vizasi;
  • tranzit vizasi;
  • ko‘p martalik investitsiya vizasi.

Vizalarni berish muddatlari bilan havola orqali tanishing.

Elektron viza

Chet el fuqarolari elektron vizani O‘zbekistonning elektron viza rasmiy portaliga murojaat yo‘llash orqali rasmiylashtirishlari mumkin.

Konsullik yig‘imi miqdorlari:
  • bir martalik - 20 AQSh dollari;
  • ikki martalik - 35 AQSh dollari;
  • ko‘p martalik - 50 AQSh dollari.

2018-yil 1-iyuldan fuqarolari vizasiz tranzit rejimida kirish, vaqtincha bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati.

2020-yil 1 yanvardan fuqarolariga 30 kungacha vizasiz rejim o‘rnatilgan davlatlar ro‘yxati.

Chat