Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 39729 marta o'qildi

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim — jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga ehtiyojini ta’minlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’lim turi hisoblanadi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida olinadi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi:

tayanch doktorantura:

  • ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha tashkil etiladigan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;

doktorantura;

  • ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha tashkil etiladigan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;

mustaqil izlanuvchilik;

  • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli.

Talabgorlarga qo‘yiladigan talablar:

Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilinayotganlar quyidagi talablardan biriga javob berishi shart:

  • magistr diplomiga ega bo‘lish;
  • klinik ordinaturaga (tibbiyot fanlari uchun) ega bo‘lish;
  • mutaxassislik dasturlari bo‘yicha olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
  • ilmiy darajaga ega bo‘lganlar mutaxassisligi oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosligi tegishli bo‘lgan fan sohasiga muvofiq bo‘lishi.

 Fan sohalari mos kelmaganda yoki oliy ta’limdan keyingi ta’limni fanning turdosh sohalari bo‘yicha olish rejalashtirilganda talabgorlar Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) belgilagan fanlar bo‘yicha qo‘shimcha imtihonlar topshiradi.

Quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha fanning turdosh sohalari bo‘yicha qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi:

  • tibbiyot;
  • farmatsevtika;
  • veterinariya.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish istagidagi talabgorlarga ilmiy rahbarlarga, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish istagidagi talabgorlar esa — ilmiy maslahatchilarga biriktiriladi.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanadigan dissertatsiya tadqiqotlari ilmiy maslahatchini tayinlanmasdan ham amalga oshirilishi mumkin.

Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish

Ta’lim muassasalari har yili 1 sentyabrdan kechikmasdan ommaviy axborot vositalarida oliy ta’limdan keyingi ta’limga o‘qish uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish to‘g‘risida e’lon beradi.

Hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan 15-sentabrdan 15-oktabrgacha bo‘lgan davrda qabul qilinadi.

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
  • Prezident Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
  • fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
  • ish joyidan tavsifnoma.

Tibbiyot fanlari bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilishda talabgordan klinik ordinatura (magistraturani) yoki ilmiy darajani olganidan so‘ng ilmiy, ilmiy-pedagogik yoki amaliy ish stajiga ega bo‘lishi talab etilishi mumkin.

Imtihonlar

Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.

Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

Kirish imtihonlari savollari OTM yoki ITMning qabul komissiyasi tomonidan mutaxassislikning mohiyatidan kelib chiqib tuziladi va kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi.

Doktorantura mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar kollegial organ tomonidan ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat har yili 125-noyabrь davrida o‘tkaziladi.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish har yili 30 noyabrgacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi.

Bir necha talabgorlarning tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kirish imtihonlari yoki suhbat natijalari bo‘yicha ular tomonidan to‘plagan yakuniy ballari teng bo‘lgan taqdirda quyidagi talabgorlarga ustunlik beriladi:

a) tayanch doktoranturaga:

  • magistraturani a’lo baholar bilan tamomlaganlar;
  • mualliflik guvohnomalari va patentga ega bo‘lganlar;
  • jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etganlar;

b) doktoranturaga:

  • 5 yildan ortiq ilmiy-pedagogik stajga ega bo‘lganlar;
  • mualliflik guvohnomalari va patentga ega bo‘lganlar;
  • monografiya (ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun), talabgorning dissertatsiya mavzusi bo‘yicha OAK ro‘yxatiga muvofiq ilmiy jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda chop etilgan soni bo‘yicha (boshqa talabgorlarga nisbatan) ko‘p miqdorda ilmiy maqolaga ega bo‘lganlar;
  • dissertatsiya tadqiqoti hajmining 50 foizdan ko‘p qismini bajarganlar.

Oliy ta’limdan keyingi ta’limga o‘qishga qabul qilish har yili 5-dekabrgacha amalga oshiriladi. Bunda ta’lim olish keyingi yil boshidan boshlanadi.

O‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqda, tasdiqlangan dissertatsiya mavzulari ilmiy rahbarlar va ilmiy konsulьtantlar (konsulьtant bo‘lgan taqdirda) ham belgilanadi.

Tasdiqlangan dissertatsiya mavzulari, ilmiy rahbar va ilmiy konsulьtantlar (konsulьtant tayinlangan holatlarda) to‘g‘risidagi ma’lumot Innovatsion rivojlanish vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritiladi, shuningdek OAKda ro‘yxatga olinadi va «OAK Byulleteni» jurnalida chop etiladi.

Ta’lim olish

O‘qishga qabul qilingan sanadan boshlab:

  • stajyor-tadqiqotchilikda— tahsil oluvchi shaxslarga stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi;
  • tayanch doktoranturada — tahsil oluvchi shaxslarga ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan) kichik ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi;
  • doktoranturada — tahsil oluvchi shaxslarga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan etakchi ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi.

O‘qish muddati 3 yilni tashkil etadi.

Tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda o‘qish muddati uzoq vaqt kasal bo‘lish, homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lish davriga, shuningdek harbiy yig‘inlarga chaqirilish munosabati bilan uzaytirilishi mumkin.

Tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qish muddati doktorantlarning umumiy ish stajiga qo‘shiladi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni tugatganlar tayanch doktorantura yoki doktoranturaga qayta qabul qilinmaydi.

Bir necha ta’lim muassasasida bir vaqtning o‘zida mustaqil izlanuvchilikka yo‘l qo‘yilmaydi.

Amaldagi barcha talablarni bajargan va dissertatsiyasini OAK talablariga muvofiq ravishda tayyorlagan mustaqil izlanuvchilar dissertatsiya himoyasiga qo‘yiladi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim talablarini bajargan va belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga o‘rnatilgan tartibda davlat namunasidagi tegishli falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) diplomi beriladi.

Chat