Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7747 marta o'qildi

Iste’molchining huquqlari
  • shartnomaga muvofiq xizmatdan foydalanish;
  • qattiq maishiy chiqindini olib ketish minimal davriyligiga rioya etishilini talab qilish;
  • xizmat uchun oldindan haq to‘lash;
  • xizmat ko‘rsatish tartibi va tariflari to‘g‘risida ma’lumot olish;
  • xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning dispetcherlik xizmatiga buyurtmanoma berish;
  • shartnoma majburiyatlari sifatsiz bajarilganda shikoyat qilish va aniqlangan kamchilikni bartaraf etishni talab qilish;
  • xizmat ko‘rsatilayotganda yuzaga kelgan kamchilik bepul bartaraf etilishini talab qilish;
  • xizmat ko‘rsatilmaganda haq to‘lash majburiyatidan ozod bo‘lish;
  • etkazilgan zararni qoplash bo‘yicha sudga murojaat qilish.

Iste’molchining majburiyatlari
  • ko‘rsatilgan xizmat uchun o‘z vaqtida haq to‘lash;
  • chiqindi to‘plash shoxobchasida chiqindini konteynerga tashlash;
  • to‘plashning “signal” usulida etib kelgan maxsus avtotransport vositasiga qattiq maishiy chiqindini joylashtirish;
  • chiqindini ruxsat etilmagan joyga (ob’ektga) tashlamaslik;
  • ob’ektlarda, dala va aholi yashash punktida maxsus texnik qurilmasiz chiqindini yoqmaslik;
  • umumiy foydalanishdagi joyda chiqindi to‘plash va saqlash joyi tashkil etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • chiqindi to‘plash konteyneri, to‘plash shoxobchasi nosozligi aniqlanganda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotni darhol xabardor qilish;
  • ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uylarda haqiqatda istiqomat qiluvchi shaxs soni to‘g‘risidagi ma’lumot o‘zgarganda 10 ish kuni mobaynida mutaxassisni xabardor qilish.

Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot majburiyatlar
  • qattiq maishiy chiqindilarning muntazam olib chiqib ketilishini amalga oshirish;
  • qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligiga rioya etish;
  • iste’molchilarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish;
  • iste’molchilarning dispetcherlik xizmatiga tushgan buyurtmanomalarini operativ tartibda (buyurtmanoma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay) bajarish;
  • ko‘rsatilayotgan qo‘shimcha xizmatlar uchun elektron to‘lov tizimini joriy etish;
  • iste’molchilarning murojaatlari va ularning ijrosi hisobini yuritish;
  • o‘ziga biriktirilgan hududda zarur miqdordagi chiqindi to‘plash shoxobchalarining qurilishini ta’minlash;
  • chiqindi to‘plash shoxobchalari va konteynerlarining holatini nazorat qilib borish;
  • chiqindi to‘plash shoxobchalarini qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash uchun konteynerlar bilan jihozlash;
  • chiqindi to‘plash shoxobchalari va transport vositalarining sanitariya holatini ta’minlash;
  • chiqindi to‘plash shoxobchalarini saqlash va kommunal to‘lovlarning to‘lanishini ta’minlash;
  • qattiq maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralashni amalga oshirish;
  • chiqindi to‘plash shoxobchalarini joriy va mukammal ta’mirlash;
  • chiqindilarning ko‘plab to‘planib qolishiga qarshi rejali ishlarni olib borish;
  • xizmatlar ko‘rsatish tartibi va tariflarining o‘zgarganligi to‘g‘risida iste’molchini oldindan xabardor qilish;
  • iste’molchilarga bepul ma’lumot berish;
  • iste’molchiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha yangi qoidabuzarliklarning oldini olish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish;
  • maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda buzilgan er uchastkalarini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish.

Iste’molchiga sifatsiz xizmat ko‘rsatilsa
  • Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga murojaat etish uchun ushbu havolaga o‘ting;
  • Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga murojaat etish uchun ushbu havolaga o‘ting;
  • Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat etish uchun ushbu havolaga o‘ting.

Chat