Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11419 marta o'qildi

2021-yil 1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtiriladi va unga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliqlarni to‘lash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qo‘llaniladi.

2021-yil 1 yanvardan
  • Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining pasport-viza xizmati vakolatxonasini O‘zbekiston Respublikasida ochish hamda ushbu vakolatxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnomani (patentni) tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlarini ko‘rsatiladi;
  • Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Turkiya Respublikalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida advokatlik tashkilotlari bilan bitimlar tuziladi;
  • Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Ekaterinburg, Novosibirsk, Samara, Ufa, Chimkent va Istanbul shaharlaridagi vakolatxonalarini ochiladi.

  • Chet davlatlarda murakkab moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, mablag‘larsiz qolgan fuqarolarga BHMning 2 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam beriladi.
  • Mehnat migrantlariga huquqiy yordam berish bo‘yicha onlayn platforma va Rossiya Federatsiyasi hududini doimiy xizmat bilan qamrab oladigan «Call-markaz» tashkil qilinadi.

2021-yil 1 yanvardan boshlab «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oila a’zosi sifatida e’tirof etilgan va xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib, qaytib kelgan shaxslarga:

  • BHMing 10 baravarigacha miqdorida subsidiya to‘lanadi;
  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha kredit foizi stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi kompensatsiya qilinadi.

Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish imkonini beruvchi uzluksiz ishlaydigan «1282» qisqa raqamli ishonch telefonini tashkil etiladi.

Chat