Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6055 marta o'qildi

Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan tarkib topadi:


  • Ishlamaydigan pensionerlarga faxriy unvonlari uchun  bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.
  • 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha to‘lov qo‘shiladi.
  • Pensiya miqdorini hisoblashda oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun (pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) oylik ish haqi olinadi.

Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan arizada u tanlagan besh yillik davr ko‘rsatiladi.

Pensiyalarni qayta hisoblash

Pensioner pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos paydo bo‘lgan taqdirda pensiyaning tayinlangan turi miqdorini qayta hisoblab chiqish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Quyidagi holatlar tayinlangan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi:

  1. pensioner tomonidan pensiya hujjatlar yig‘majildida mavjud bo‘lmagan va pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi (ish staji va pensiya tayinlangunga qadar ish haqi to‘g‘risida);
  2. nogironlik guruhining o‘zgarishi;
  3. boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi oila a’zolari sonining o‘zgarishi;
  4. ustama haq olish huquqining paydo bo‘lishi;
  5. bazaviy hisoblash miqdorining o‘zgarishi;
  6. daromadlarning indeksatsiya qilinishi.

Pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza pensioner yashaydigan joy bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.

Oilaning voyaga etmagan a’zosi (boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi) yoki belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz deb e’tirof etilgan shaxsning nomidan pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza uning ota-onasi yoki qonuniy vakili yashaydigan joy bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga berilishi mumkin.

Quyidagi hollarda pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risida ariza berish talab qilinmaydi:

  • qonunchilikka muvofiq pensiyani hisoblash tartibi o‘zgarganda, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori o‘zgarganda;
  • tayinlangan pensiya miqdori kamayishiga olib kelgan holatlar yuz berganda;
  • oilaning 16 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan a’zolaridan biri ta’lim muassasasidan berilgan uning o‘quvchi ekanligi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etgan taqdirda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi oila a’zolari soni o‘zgarganda;
  • nogironlik guruhi o‘zgarganda;
  • I guruh nogironligi belgilanganda.

Pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki "1140" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.
  • Sudga murojat qilish tartibi bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting.

Hayotiy misol:

Savol: E. ismli shaxs 15 yildan buyon Rossiya Federatsiyasida yollanma ishchi sifatida ishlab kelayotgani, yoshga doir pensiya tayinlashda ushbu ish staji hisobga olinishi yoki olinmasligi yuzasidan tushuntirish berishni so‘radi. 

Javob: Chet elda yollanib ishlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi quyidagicha aniqlanadi:

2019-yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan;

2019-yil 1 yanvardan 2019-yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan;

2020-yil 1 yanvardan — to‘langan ijtimoiy soliq miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Demak, agar E. ismli shaxs Rossiya Federatsiyasida yollanma ishchi sifatida ishlab kelgan vaqtida Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badalini yoki yagona ijtimoiy to‘lovni yoxud ijtimoiy soliqni to‘lab kelgan bo‘lsa, uning 15 yillik chet eldagi ish staji yoshga doir pensiya tayinlashda inobatga olinadi.

Chat