Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3039 marta o'qildi

Mamlakatimiz hududida koronavirusning keng tarqalishi va keskin epidemiologik holat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida quyidagilar belgilandi:

2021-yilning 24-martidan boshlab: 

jamoat joylarida, shu jumladan, yirik dehqon bozorlari va savdo majmualarida (supermarket, gipermarket va boshqalarda) tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlanish bo‘yicha sanitariya-gigiena talablariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha nazorat kuchaytirildi.

2021-yilning 25-martidan boshlab:

kasallik klinik belgilarsiz yoki engil shaklda kechayotganligi sabab uy sharoitida davolanayotgan bemorlar salomatligi nazorati va davolanishini tashkil etish maqsadida zarurat bo‘lgan hududlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida mobil brigadalar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Karantin cheklovlarini va sanitariya-epidemiologik talablarni buzayotgan fuqarolar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi, shu jumladan, ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qat’iy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Chat