Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6364 marta o'qildi

Suvni hisobga olish priborini plombalash, suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzish

  • Bu qanday ishlaydi?
  1. Talabgor ariza yuborish uchun DXM o‘zi kelib murojaat qilishi yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tish va so‘rovnomani to‘ldirishi kerak. Hamda davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘laydi.
  2. Davlat xizmatlari markazi (1 soat mobaynida) yoki YaIDXP (avtomatik tarzda) suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzish uchun so‘rovnomani SQKX tashkilotiga yuborashi kerak.
  3. SQKX tashkiloti 2 ish kuni mobaynida suvni hisobga olish priborini joyning o‘ziga chiqib plombalashi va DXMga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YaIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) rasmiylashtirilgan va plombalanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani yuborashi kerak.
  4. Iste’molchi 5 ish kuni mobaynida rasmiylashtirilgan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tasdiqlashi hamda tasdiqlangan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani SQKX tashkilotiga DXM tomonidan (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchi tomonidan YaIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuborishi kerak.
  5. SQKX tashkiloti iste’molchi tomonidan oldindan to‘lov amalga oshirilgan kuni suvni etkazib berish va oqova suvlarini qabul qilishni amalga oshirishi kerak.
  • Tashkilot:
  1. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
  2. Toshkent shahar “Suvsoz” davlat unitar korxonasi
  • Bog‘lanish: Call-markaz - 1255
  • Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar
  • Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Onlayn ariza.
  • Xizmatni ko‘rsatish muddati: 7 ish kuni mobaynida
  • Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi "Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 256-son qarori
  • Xizmat narxi: Bepul
Chat