Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5925 marta o'qildi

Transport vositalari egalari transport vositalaridan foydalanishda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar etkazganlik uchun o‘z fuqarolik javobgarligini Qonunda belgilangan tartibda va shartlarda sug‘urtalashlari shart.

Fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
  • eng katta konstruktiv tezligi soatiga 20 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari;
  • tirkamalar va ikki, uch g‘ildirakli yoki ish hajmi 50 kub santimetrgacha bo‘lgan dvigatelь yoki inson yoxud hayvon kuchi bilan harakatga keltiriladigan boshqa transport vositalari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining transport vositalari, bundan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun foydalaniladigan avtobuslar, engil avtomobillar, boshqa transport vositalari mustasno;
  • chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari, agar ular egalarining fuqarolik javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug‘urta tizimlari doirasida sug‘urtalangan bo‘lsa.

Transport vositasiga egalik qilish huquqi vujudga kelganda transport vositasi egasi unga egalik qilish huquqi vujudga kelgan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmay o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashi shart.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelganda va O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug‘urta tizimlarining sug‘urta polislari mavjud bo‘lmagan taqdirda, chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalari o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashi shart.

Quyidagilar oqibatida fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi.

Majburiy sug‘urta shartnomasi 1 yil muddatga tuziladi. Avtotransportdan mavsumiy foydalanishda uning egasi sug‘urta shartnomasini foydalanish muddatiga tuzishi mumkin (6 oydan kam bo‘lmagan muddatga).

Majburiy sug‘urta amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisi hisoblanadi.

Jabrlanuvchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga etkazilgan hamda majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rni qoplanadigan zararning miqdorini aniqlash tartibi.

Chat