Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4832 marta o'qildi

2021-yil 1 oktyabrdan 2022-yil 1 oktyabrgacha mahallalarda barpo etilgan ayrim “Jamoatchilik nazorati maskanlari” (maskanlar) negizida “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi. 

Eksperiment doirasida:

  • tadbirkorlarga beriladigan maskanlar va ularning binolari atrofida 6 kvadrat metrgacha “Elektron kuzatuv maskanlari” joylashtiriladi, qolgani tadbirkorlik uchun 5 yil muddatga ijaraning “nolь” stavkasi asosida beriladi;
  • maskanlar ijara shartnomasi asosida beriladigan tadbirkorlar “E-auksion” platformasida elektron tanlov o‘tkazish orqali aniqlanadi;
  • ijara muddati tugagandan so‘ng maskanlarning binolari mahallaga mulk huquqi asosida qoldiriladi.

Shunga ko‘ra, hududlarda tegishli 38 ta mahalladagi maskanlar “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga ijara huquqi asosida beriladi.

Chat