Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 30705 marta o'qildi

Gaz ta’minoti loyihasini hududiy gaz ta’minoti korxonasi bilan kelishish

Xizmat tavsifi: Gaz ta’minoti loyihasini hududiy gaz ta’minoti korxonasi bilan kelishish uchun ariza yuborish.

Xizmat narxi va to‘lash tartibi: BHMning 9% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 10%);

Gaz ta’minoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlarda bundan mustasno.

Natijani olish usullari: An’anaviy yoki elektron shaklda.

Xizmatning sohaga tegishliligi: Uy-joy kommunal xo‘jaligi.

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-sonli "Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida.

Xizmat natijasi: Gaz ta’minoti loyihasini hududiy gaz ta’minoti korxonasi bilan kelishish.

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:

  1. Onlayn ariza;
  2. Gaz ta’minoti loyihasi elektron shaklda.

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi: Yuridik va jismoniy shaxslarga.

Rad etish sabablari

  • So‘rovnomada ishonchsiz ma’lumotlar ko‘rsatilganligi;
  • Gaz ta’minoti loyihasining texnik shartlar talablaridan chetga chiqishi.

Bog‘lanish: "Hududgazta’minot" AJ Call-center - 1104

Tashkilot: "Hududgazta’minot" AJ

Shikoyat arizasi berish tartibi: Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda.

Bu qanday ishlaydi?
  1. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan so‘ng YaIDXPda so‘rovnomani to‘ldiradi va o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi, gaz ta’minoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno.
  2. Loyihalash tashkiloti so‘rovnomaga gaz ta’minoti loyihasi elektron shaklda ilova qiladi..
  3. Gaz ta’minoti korxonasi ushbu so‘rovnoma asosida, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda bir vaqtda ob’ektning zilzilaga bardoshliligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha loyihaviy echimlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 2-ilovasiga muvofiq shakldagi so‘rovnoma tushganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida gaz ta’minoti loyihasini kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
  4. Gaz ta’minoti loyihasini kelishish uni gaz ta’minoti korxonasining ERI bilan tasdiqlash orqali amalga oshiriladi va kelishilgan gaz ta’minoti loyihasini YaIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuboradi.


Xizmatdan foydalanish*

*Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish

Xizmat tavsifi: Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish uchun ariza yuborish.

Xizmat narxi va to‘lash tartibi: BHMning 9% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 10%).

Natijani olish usullari: An’anaviy yoki elektron shaklda.

Xizmatning sohaga tegishliligi: Uy-joy kommunal xo‘jaligi.

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-sonli "Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 7 ish kuni mobaynida.

Xizmat natijasi: Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz ta’minoti shartnomasini tuzish va tabiiy gazni etkazib berish.

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Onlayn ariza.

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi: Yuridik va jismoniy shaxslarga.

Rad etish sabablari: So‘rovnomada ishonchsiz ma’lumotlar ko‘rsatilganligi.

Bog‘lanish: "Hududgazta’minot" AJ Call-center - 1104

Shikoyat arizasi berish tartibi: Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda.

Bu qanday ishlaydi?
  1. Talabgor ariza yuborish uchun DXM o‘zi kelib murojaat qilishi yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tish va so‘rovnomani to‘ldirishi kerak.
  2. HGTT tabiiy gazni hisobga olish priborini joyning o‘ziga chiqib plombalaydi.
  3. Ikki ish kun moybaynida HGTT Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YaIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) rasmiylashtirilgan va plombalanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan gaz ta’minoti shartnomasini yuborishi kerak.
  4. Talabgor rasmiylashtirilgan gaz ta’minoti shartnomasini tasdiqlashi va tasdiqlangan gaz ta’minoti shartnomasini HGTTga Davlat xizmatlari markazi tomonidan (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchi tomonidan YaIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuborishi kerak.
  5. HGTT qonun hujjatlarida to‘lovni oldindan amalga oshirishi nazarda tutilgan iste’molchilar uchun oldindan to‘lov amalga oshirilgan kundan tabiiy gazni etkazib berishi kerak.

Qonun hujjatlarida to‘lovni oldindan amalga oshirishi nazarda tutilmagan iste’molchilar uchun iste’molchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kundan tabiiy gazni etkazib berishi kerak.


Xizmatdan foydalanish*

* Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

1,2 MPa bosimdan yuqori bo‘lmagan gaz tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish

Xizmat tavsifi: Gaz tarmoqlariga ulanayotgan yangi va qo‘shimcha gaz iste’moli jihozlariga, shuningdek, gaz ta’minoti loyihasi va tabiiy gazdan foydalanish hajmlari o‘zgarishiga olib keladigan ulanish nuqtalari, ishlab chiqarish faoliyati turlari o‘zgartirilganda texnik shartlarni ishlab chiqish uchun ariza yuborish.

Xizmat narxi va to‘lash tartibi: BHMning 9% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 10%).

Natijani olish usullari: An’anaviy yoki elektron shaklda.

Xizmatning sohaga tegishliligi: Uy-joy kommunal xo‘jaligi.

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-sonli "Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida.

Xizmat natijasi: Gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish.

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Onlayn ariza.

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi: Yuridik va jismoniy shaxslarga.

Rad etish sabablari: So‘rovnomada ishonchsiz ma’lumotlar ko‘rsatilganligi va iste’molchining ob’ekti joylashgan hududda quvvati HGTT tomonidan iste’molchiga tabiiy gazni etkazib berishni ta’minlaydigan gaz taqsimoti tarmog‘ining mavjud emasligi.

Bog‘lanish: "Hududgazta’minot" AJ Call-center - 1104

Shikoyat arizasi berish tartibi: Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda.

Bu qanday ishlaydi?
  1. Talabgor ariza yuborish uchun DXM o‘zi kelib murojaat qilishi yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tish va so‘rovnomani to‘ldirishi kerak. Hamda davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lash kerak.
  2. Uch ish kun moybaynida HGTT texnik shartlarni ishlab chiqishi va Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YaIDXP orqali (elektron tarzda murojaat qilinganda) yuborishi kerak.
  3. HGTT talabgorga loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini berish huquqi ega.


Xizmatdan foydalanish*

* Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.


Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) echish va o‘rnatishga ariza yuborish

Xizmat tavsifi: Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) echish va o‘rnatishga ariza yuborish.

Xizmat narxi va to‘lash tartibi: Bepul.

Natijani olish usullari: An’anaviy yoki elektron shaklda.

Xizmatning sohaga tegishliligi: Uy-joy kommunal xo‘jaligi.

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son "Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) echish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 5 ish kuni mobaynida.

Xizmat natijasi: Hisobga olish uskunasini echish va o‘rnatish.

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Onlayn ariza.

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi: Yuridik va jismoniy shaxslarga.

Rad etish sabablari: So‘rovnomada ishonchsiz ma’lumotlar ko‘rsatilganligi.

Bog‘lanish: "Hududgazta’minot" AJ Call-tsentr-1104

Bu qanday ishlaydi?
  1. Talabgor ariza yuborish uchun DXM o‘zi kelib murojaat qilish yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tish va so‘rovnomani to‘ldirishi kerak.
  2. HGTT talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasi echib olinadi.
  3. HGTT talabgor bilan kelishilgan vaqtda so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzilga borib, hisobga olish uskunasini o‘rnatib berish va uch nusxada tegishli dalolatnoma tuzgan holda tamg‘alash, dalolatnomaning bir nusxasini talabgorda qoldirish.


Xizmatdan foydalanish*

* Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

Gaz ta’minoti bo‘yicha qarzni/oldindan to‘lovni hisoblash

Xizmat tavsifi: Ushbu xizmat gaz ta’minoti bo‘yicha qarzlarni oldindan hisoblash imkonini beradi.


Xizmatdan foydalanish*

* Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

Tabiiy gaz hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish (echish va o‘rnatish bilan birga)

Xizmat tavsifi: Mazkur xizmat orqali tabiiy gaz hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish uchun ariza berish imkoni taqdim etiladi.

Xizmat narxi va to‘lash tartibi: Jismoniy shaxslar uchun. BHMning 18% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 20%).

Natijani olish usullari: An’anaviy yoki elektron shaklda.

Xizmatning sohaga tegishliligi: Uy-joy kommunal xo‘jaligi

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son "Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) echish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori.

Xizmatni ko‘rsatish muddati:15 ish kuni ichida.

Xizmat natijasi: Hisobga olish uskunasini echish, qiyoslash va o‘rnatish.

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Onlayn ariza.

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi: Yuridik shaxslar.

Jismoniy shaxslar uchun hukumat topshirig‘iga asosan tabiiy gaz hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish muddati 2021-yil 1-avgustga qadar uzaytirildi.

Rad etish sabablari: So‘rovnomada ishonchsiz ma’lumotlar ko‘rsatilganligi, shuningdek, to‘lovning amalga oshirilmaganligi.

Bog‘lanish: "Hududgazta’minot" AJ Call-center - 1104

Bu qanday ishlaydi?
  1. Talabgor DXMga o‘zi kelib murojaat qilishi yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
  2. So‘rovnomani to‘ldirilgandan so‘ng Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lab, yuborishi kerak.
  3. Talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasini echib olinadi.
  4. Metrologik xizmati hisobga olish uskunasini HGTTdan qabul qilib, qiyoslashdan o‘tkazadi. Sertifikat va habarnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng ularni ERI bilan tasdiqlab, HGTTga, shuningdek, DXMga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YaIDXP orqali talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) elektron shaklda yuboriladi.
  5. HGTTga sertifikat yoki xabarnoma kelib tushganidan so‘ng hisobga olish uskunasini metrologiya xizmatidan olib ketiladi.
  6. Talabgor bilan kelishilgan vaqtda so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzilga borib, xisobga olish uskunasini o‘rnatib berish va uch nusxada tegishli dalolatnoma tuzgan holda tamg‘alash, dalolatnomaning bir nusxasini talabgorda qoldiriladi.


Xizmatdan foydalanish

* Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

Шаблон ва шакллар намуналари

  • Gaz ulanish ariza
Chat