Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2978 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-avgustdagi PQ-1608-son «Gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan gimnastika maktabiga 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan ta’lim oluvchi o‘quvchi-sportchilarning umumiy kontingenti 60 nafarni tashkil etgan holda, o‘qish muddati 5 yil bo‘lib, har yili 12 nafar iqtidorli o‘quvchi-sportchilar qabul qilinadi.

Gimnastika maktabiga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va trampolin sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi bilan kelishilgan holda Gimnastika maktabi direktori tomonidan belgilanadigan kvota doirasida amalga oshiriladi.

O‘quvchi-sportchilarni gimnastika maktabiga tanlab olishni tashkil etish maqsadida hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 2 oy oldin gimnastika maktabi tomonidan tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon beriladi. E’londa gimnastika maktabining manzili, telefon raqamlari, nomzodlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar hamda ularni qabul qilish muddatlari ko‘rsatilishi lozim.

Ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
  • ariza;
  • o‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida hujjatning asl nusxasi ko‘rsatiladi);
  • o‘quvchining baholar (o‘zlashtirish) tabeli nusxasi (umumiy o‘rta ta’lim muassasasining o‘quvchisi bo‘lmaganlar bundan mustasno);
  • o‘quvchining 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurati;
  • o‘quvchining sport musobaqalarida erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar, agar mavjud bo‘lsa;
  • o‘quvchining sport pasporti, agar mavjud bo‘lsa;
  • 026-U, 063-U va 086-U shakllar bo‘yicha tibbiy ma’lumotnomalar.

Qabul komissiyasi tomonidan mazkur bandda ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Hujjatlar har yili 1-avgustdan 10-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi

Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov har yili 20 — 25-avgust kunlari gimnastika maktabi binosida tashkil etiladi. Bunda, sinovlar badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va trampolin sport turi bo‘yicha alohida kunlarda o‘tkaziladi.

Nomzodlar jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda sport kiyimida bo‘lishlari shart.

  • Badiiy gimnastika sport turi bo‘yicha nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovlarni o‘tkazish metodikasi.
  • Sport gimnastikasi sport turi bo‘yicha nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovlarni o‘tkazish metodikasi.
  • Trampolin sport turi bo‘yicha nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovlarni o‘tkazish metodikasi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov natijalaridan norozi bo‘lgan nomzodlar yoki ularning ota-onalari gimnastika maktabi direktorining buyrug‘i bilan tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.


Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 kun davomida apellyatsiya berishi mumkin. Nomzod yoki uning ota-onasi tomonidan berilgan apellyatsiya Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 3 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.

Chat