Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3706 marta o'qildi

Mehnat shartlari deganda ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq xodimning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining majmui tushuniladi.

Xodimni boshqa ishga doimiy o‘tkazishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari quyidagilardan iborat:
  • mehnat shartlarining o‘zgarishi;
  • xodimning boshqa ishga o‘tkazilishi;
  • ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyning o‘zgarishi;
  • xodimning boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi;
  • mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish joyining o‘zgarishi.

Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish huquqi:
  • Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasiga ko‘ra ishni davom ettirayotganda ish beruvchidan mehnat shartlarini o‘zgartirishni talab qilishga haqlidir.
  • Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi arizasi u berilgan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
  • Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi talablarini qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi unga rad etishning sababi to‘g‘risida yozma shaklda xabar qilishi kerak. Xodimga uning talablarini qanoatlantirishni rad etish sabablarini xabar qilmaslik xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish rad etilganligi ustidan shikoyat qilishi uchun monelik qilmaydi.

Ish beruvchining mehnat shartlarini xodimning roziligisiz o‘zgartirish huquqi:
  • Agar texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi munosabati bilan avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin bo‘lmasa, ish beruvchi xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasini davom ettirayotganida xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o‘zgartirishga haqli.
  • Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi haqida xodimni kamida 2 oy oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
  • Ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi to‘g‘risida xodimni ogohlantirishning ikki haftadan ortiq bo‘lgan muddatini mutanosib pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqli. Bunda xodimni ogohlantirish paytidan e’tiboran ikki haftalik ogohlantirish muddati faqat xodimning roziligi bilan pulli kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin.
  • Batafsil.

Xodimni boshqa ishga o‘tkazish:
  • Xodim aynan o‘sha ish beruvchida ishni davom ettirganda uning mehnat vazifalarini o‘zgartirish xodimni boshqa ishga o‘tkazish hisoblanadi.
  • Xodim uchun sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tibbiy xulosa bilan tasdiqlangan qarshi ko‘rsatmalar bo‘lganda xodimni boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xodimni boshqa ishga o‘tkazish muddati:
  • Xodim boshqa ishga o‘tkazilayotganda u o‘zi bajarish uchun o‘tkazilgan ishga kirishishi kerak bo‘lgan sana belgilanishi kerak.
  • Xodimni boshqa ishga o‘tkazish qaysi muddatga amalga oshirilayotganligiga qarab boshqa ishga o‘tkazish turlari doimiy va vaqtinchaga ajratiladi.
  • Agar xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish yuz bergan bo‘lsa, bunday o‘tkazish muddati belgilanishi kerak.
  • Batafsil.

Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish:

Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodim boshqa ishga 1 yil  muddatgacha vaqtincha o‘tkazilishi mumkin, bunday o‘tkazish qonunga muvofiq o‘zining ish joyi saqlanib qolinadigan vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning o‘rnini egallash uchun amalga oshirilayotgan taqdirda ushbu xodim ishga chiqquniga qadar o‘tkazilishi mumkin. Agar xodimni boshqa ishga o‘tkazish muddati tugagach unga avvalgi ishi berilmagan, xodim uning berilishini talab qilmagan va ishlashni davom ettirayotgan bo‘lsa, o‘tkazishning vaqtinchalik xususiyati to‘g‘risidagi kelishuvning sharti o‘z kuchini yo‘qotadi hamda o‘tkazish doimiy deb hisoblanadi.

Ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan, xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish:

Xodimning vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosi ish beruvchi tomonidan quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra qanoatlantirilishi lozim:

  • qaysi tibbiy xulosaga muvofiq xodim sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra vaqtincha engilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarini istisno etadigan ishga o‘tkazishga muhtoj bo‘lsa, o‘sha tibbiy xulosaning mavjudligi;
  • qaysi tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayol vaqtincha engilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’sirini istisno etadigan ishga o‘tkazishga muhtoj bo‘lsa, o‘sha tibbiy xulosaning mavjudligi;
  • 2 yoshga to‘lmagan bolasini parvarishlayotgan ota-onaning biri (vasiy) tomonidan avvalgi ishini bajarish mumkin emasligi;
  • ushbu iltimos uzrli sabablar tufayli kelib chiqqan va bunday ish ish beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa hollarda.

Xodimning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga doimiy o‘tkazish:

Ish beruvchi bo‘sh (vakant) ish o‘rni mavjud bo‘lgan taqdirda, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, tibbiy xulosaga muvofiq engilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’sirini istisno etadigan, sog‘lig‘ining holati bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan ishga doimiy o‘tkazishga muhtoj bo‘lgan xodimni uning roziligi bilan shunday ishga o‘tkazishi shart. Batafsil.

Mehnat shartnomasi o‘zgartirilganligini qonunga xilof deb hisoblovchi xodim o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘zgartirilganligi ustidan shikoyat qilishga haqli.

Mehnat sharoitlari qonunga xilof ravishda o‘zgartirilgan taqdirda, xodimning avvalgi mehnat sharoitlarini tiklash to‘g‘risidagi talablari qanoatlantirilishi lozim.

Chat