Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10561 marta o'qildi

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun qayta elektron ariza yuborish

Xizmat narxi: Xorijiy davlatlarda o‘rta maxsus, kasb-hunar davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun BHMning 2 baravari, oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun BHMning 3 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 10 ish kuni ichida

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning skaner qilinib, pdf formatida saqlangan nusxasi;
  • xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan hamda skaner qilinib, rdf formatida saqlangan nusxasi;
  • Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning asl nusxasi O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga davlat xizmatlari markazi xodimiga taqdim etiladi.
  • Hujjatlar qabul qilingandan keyin talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilova asl nusxasining notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan birga talabgorga qaytariladi

Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar


Bu qanday ishlaydi?
  1. Fuqaro DXM yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat etadi.
  2. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasiga so‘rovnoma yuboriladi.
  3. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasida fuqaroning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjati ekspertiza jarayoniga qabul qilinganligi bo‘yicha DXM (o‘zi kelgan holda murojaat etganda) yoki YaIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.
  4. DXM fuqaroning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjati ekspertizaga qabul qilinganligi bo‘yicha xabarnoma kelib tushganligi to‘g‘risida fuqaroga ma’lum qiladi.
  5. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi fuqaroga 10 ish kuni ichida Ekspert komissiyasining xulosasi (test sinovi belgilanganligi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olishga tavsiya etilganligi yoki tan olish rad etilganligi)ni DXM (o‘zi kelgan holda murojaat etganda) yoki YaIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.
  6. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi fuqaroga xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjati tan olinganligi to‘g‘risida sertifikat elektron shaklda generatsiya qilinib yuborilganligini DXM (o‘zi kelgan holda murojaat etganda) yoki YaIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.


Xizmatdan foydalanish

  • Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.
Chat