Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1869 marta o'qildi

O‘zbekistonga qaytish uchun siz Vatanga qaytish guvoxnomasini rasmilashtiringiz kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • Pasport yo‘qolgan taqdirda-pasport nusxasi, pasport yo‘qolganligi to‘g‘risida politsiya bo‘limidan ma’lumotnoma, fotosurat 35x45 mm 2 dona;
  • Pasport muddati tugagan taqdirda-pasportning o‘zi, fotosurat 35x45 mm 2 dona;
  • Agar pasport yaroqsiz xolga kelgan bo‘lsa (yirtilgan, chizilgan va hokazo) pasport va pasport nusxasi, fotosurat 35x45 mm 2 dona;
  • Barcha hollarda davlat boji qiymati 60 AQSh dollari.

Taxminan 7-14 kalendar kunda tayyor bo‘ladi.

16 yoshgacha bo‘lgan bolaga sertifikat berish:

  • Ikkala ota-onaning pasportlari;
  • Nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • Bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;
  • Bolaning pasporti (agar mavjud bo‘lsa), bolaning fotosurati 35x45 mm 2 dona.

Davlat boji 10 AQSh  dollari

Tayyorlash uchun taxminan 2 soat vaqt ketadi.

Eslatma:

Agar bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasida otasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa:

  • Onaning pasporti;
  • Bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;
  • Bolaning fotosurati 35x45 mm 2 dona;

Agar bolada tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘lmasa: tug‘ruqxonada berilgan tibbiy tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma.

O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi (sertifikat) O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan chet elda vaqtincha yashayotgan va O‘zbekistonda doimiy ro‘xatda turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi yuq shaxslarga quyidagi holatlarda beriladi: shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yuqotgan, hujjati yaroqsiz holga kelgan, muddati o‘tgan, hujjatning varaqlari tugagan, avval passport bilan rasmiylashtirilmagan fuqarolarga.

Sertifikatni olish uchun arizachi O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi ishlar vazirligininig interaktiv Konsullik hizmati veb-saytida joylashgan dasturi orqali shaxsni tasdiqlash haqidagi so‘rovnoma – arizasini to‘ldirilib unga elektron fotosuratni biriktiriladi va ikki nushada chop etiladi.

Sertifikatni olish uchun arizachi Konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

  • qog‘ozda   chop   etilgan,   arizachinig   imzosi   qo‘yilgan,  bar-kodli  ko‘rsatilgan elektron so‘rovnoma – arizasi, 2 nusxada; 
  • 2 dona rangli fotosurat (3,5x4,5sm); 
  • muddati   o‘tgan,   yaroqsiz    holga    kelgan,    viza     varaqlari    tugagan shaxsni tasdiqlovchi hujjat; 
  • shaxsni  tasdiqlovchi  hujjat  yuqolganda  -  yuqolgan  shaxsni  tasdiqlovchi  hujjat yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa ma’lumotnoma nusxasi  va shaxsni  tasdiqlovchi  hujjat yuqolganligi haqida  vaqtincha yashayotgan joydagi vakolatli idoralarning ma’lumotnomasi (imkoniyat darajasida); 
  • avval passport bilan rasmiylashtirilmagan fuqarolar uchun – ularning  tog‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining pasportlaridan nusxa; 
  • konsullik to‘lovlari kvtantsiyasi yoki cheki.
  • Arizachiga sertifikat O‘zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari tomonidan uning shaxsi tasdiqlangandan so‘ng beriladi.
  • Sertifikat bir oydan, alohida vaziyatlarda (kasalligi tufayli, hibsda saqlanayotgan xolda, yashayotgan davlatda kosullik muassasalari bolmagan taqdirda)  3 oy muddatga beriladi. Sertifikatning muddati uzaytirilmaydi.
  • Sertifikat har bir kishiga alohida rasmiylashtiriladi. Sertifikatga bolalar yozilmaydi.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yaroqsiz holga kelgan, muddati o‘tgan va viza varaqlari tugagan holda mazkur hujjat Konsullik muassasasiga topshirishi lozim.
  • Arizachi O‘bekistonga kelgandan so‘ng 10 kundan kech bo‘lmagan muddat ichida Sertifikatni doimiy yashash joyidagi ichki ishlar idoralariga pasport olish uchun topshirishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun 50 AQSh dollari miqdoridagi konsullik to‘lovlari va 5 AQSh dollari miqdoridagi ma’muriy harajatlar olinadi. Bunda 16 yoshga to‘lmagan bolalar  konsullik to‘lovlaridan ozod etiladi.

Quyidagi holatlar arizachiga Sertifikat berish rad etilishi mumkin:

  • o‘zi yoki   shaxsini   tasdiqlovchi   hujjatning   yo‘qolganligi   to‘g‘risida   yolg‘on ma’lumotlar bersa; 
  • taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlat belgilangan talablarga mos kelmasa (hujjatlar etarli emas, so‘rovnoma – arizasidagi ma’lumotlar aniq va to‘liq emas).

Qoshimcha malumot olish uchun  +74992300076  yoki  +74992383620 telefon raqamlariga  qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Chat