Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 214 marta o'qildi

Fermer xo‘jaligini tashkil etish tartibi:

Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun, avvalo, uni tashkil etmoqchi bo‘lgan shaxs belgilangan tartibda er uchastkasi olishi kerak. Er olish tartibi bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.

Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarda va zaxira erlarda tashkil etiladi.

Chorvachilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi.

Chorvachilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligiga beriladigan er uchastkalarining eng kam o‘lchami, bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda, Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan erlarda kamida 0,3 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,5 gektarni), boshqa viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan erlarda tegishlicha, kamida 0,45 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,6 gektarni), sug‘orilmaydigan (lalmikor) erlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.

Dehqonchilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan er uchastkalarining eng kam o‘lchami paxtachilik va g‘allachilik uchun kamida 30 gektarni, g‘allachilik va sabzavotchilik uchun kamida 10 gektarni, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni etishtirish uchun kamida 1 gektarni hamda ko‘pi bilan 5 gektarni tashkil etadi.

Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun er uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga 50 yilgacha bo‘lgan, lekin 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi.

Fermer xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi. Uning muassisi er uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish to‘g‘risida shartnoma tuzadi.

Fermer xo‘jaligi bank muassasasida hisob-kitob varag‘i va boshqa xil hisobvaraqlar ochishga, o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘lishga haqli.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi:

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi - qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish bilan birga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligidir.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reestri O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tomonidan yuritiladi.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining er uchastkalari zaxira erlarga olib qo‘yilganda, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi o‘z rahbari tomonidan uning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilishi mumkin.

Fermer xo‘jaligiga berilgan er uchastkalaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalaniladi.

Ular xususiylashtirilishi, shuningdek oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’ekti bo‘lishi va ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.

Fermer xo‘jaligida soliq va to‘lovlar:

Fermer xo‘jaligi yagona er solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi. 

Er uchastkalaridan foydalanganlik uchun er solig‘i stavkalari bilan quyidagi havolada tanishing.

Shuningdek, fermer xo‘jaliklariga berilgan soliq imtiyozlari bilan quyidagi havolada tanishing.

Fermer xo‘jaligi (ish beruvchi) va uning xodimlari o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlar mehnat shartnomasi (kontrakti) bilan tartibga solinadi.

Fermer xo‘jaligidagi ish tartibi xo‘jalik boshlig‘i tomonidan belgilanadi. Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnat faoliyati hisobini olib borish xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi.

Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash taraflarning kelishuviga ko‘ra pul hamda natura tarzida, eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Fermer xo‘jaligida mehnat munosabatlari:

Fermer xo‘jaligida mehnat munosabatlari, ya’ni, xodimlarni ishga olish, ularga ish haqi to‘lash, ijtimoiy himoya qilish masalalariga, birinchi navbatda, fermer xo‘jaligi rahbari mas’ul hisoblanadi.

Fermer xo‘jaligi (ish beruvchi) va uning xodimlari o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlar mehnat shartnomasi (kontrakti) bilan tartibga solinadi.

Fermer xo‘jaligidagi ish tartibi xo‘jalik boshlig‘i tomonidan belgilanadi. Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnat faoliyati hisobini olib borish xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi.

Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash taraflarning kelishuviga ko‘ra pul hamda natura tarzida, qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Fermer xo‘jaligida ijara huquqi merosi:

Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, er uchastkasini ijaraga olish huquqi ijara shartnomasining amal qilish muddatiga meros bo‘yicha o‘tadi.

Fermer xo‘jaligi boshlig‘i pensiya yoshiga to‘lganda yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy ta’lim muassasalariga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, er uchastkasini ijaraga olish huquqini o‘zining tuman hokimi nomiga berilgan arizasiga ko‘ra belgilangan tartibda o‘z oila a’zolaridan biriga ijara shartnomasi bilan ma’lum muddatga ijaraga berishi mumkin.

Шаблон ва шакллар намуналари

Chat