Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 619 marta o'qildi

Poezdda unutib qoldirilgan yoki yo‘qotilgan bagajni tashish vaqti yakunlanguga qadar talab qilish tartibi

Agar bagaj (buyum) poezdda (vagonda) unutib qoldirilgan yoki yo‘qotilgan bo‘lsa, yo‘lovchi vokzal boshlig‘iga murojaat etish hamda ushbu bagaj (buyum)ni tavsiflagan holda ariza yozib berishi lozim.

Bunday holda vokzal boshlig‘i darhol poezd yo‘nalishidagi so‘nggi stantsiyaga yo‘lovchi egallagan vagon raqami va joyi, shuningdek unutib qoldirilgan yoki yo‘qotilgan bagaj (buyum) haqida xabar berib, uni egasiga qaytarish chorasini ko‘rishni talab qiladi.

Unutib qoldirilgan yoki yo‘qotilgan bagaj (buyum) topilganda, uni topgan va boshqa shaxslar ishtirokida bagaj (buyum) tavsiflangan holda tegishli dalolatnoma tuziladi. Ushbu bagaj (buyum) poezddagi ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida ochib ko‘riladi va tegishli dalolatnoma tuziladi, undan so‘ng bagaj (buyum) poezd yo‘nalishidagi so‘nggi stantsiya boshlig‘iga etkaziladi va tilxat asosida topshiriladi.

Ushbu bagaj (buyum) vokzalning saqlash joyida 30 kun saqlanadi.

Agar ushbu muddat ichida bagaj (buyum) talab qilinmasa, u xatlovdan o‘tkazilib ro‘yxat asosida hujjatsiz yuklar omboriga jo‘natadi.

Agar bagaj (buyum) egasining yashash joyi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, unga darxol tegishli xabarnoma yuboriladi.

Topilgan buyumlarni talab qilib oluvchi shaxs, o‘zining buyumlari egasi ekanligini, buyumlarning aniq alomatlarini, ular nimadan iborat ekanligini yozma ravishda ko‘rsatgan yoki buyumlarni qulflovchi qulflarga kalitni taqdim qilgan holda isbotlab berishi kerak

Bagaj (buyum)ni qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan varcha harajatlar uning egasi tomonidan qoplanadi.

Poezdda unutib qoldirilgan yoki yo‘qotilgan bagajni talab qilish tartibi

Agar bagaj (buyum) poezdda (vagonda) unutib qoldirilgan yoki yo‘qotilgan bo‘lsa, yo‘lovchi vokzal boshlig‘iga murojaat etish hamda ushbu bagaj (buyum)ni tavsiflagan holda ariza yozib berishi lozim.

Unutib qoldirilgan yoki yo‘qotilgan bagaj (yuklar) topilganda vakolatli shaxs va uni to‘pib olgan shaxs bilan birgalikda bagajning tashqi va holatlarini tavsiflagan holda dalolatnoma tuziladi

Bundan keyin ushbu bagaj (buyumlar) ichki ishlar xodimi ishtirokida ochiladi, ushbu haqida dalolatnoma va buyumlar ro‘yhati tuziladi. Keyin bagaj dalolatnoma bilan tilxat asosida vokzalning yuklarning saqlash xonasiga 30 kun mobaynida saqlash uchun jo‘natiladi.

30 kun o‘tgandan keyin topib olingan va talab qilib olinmagan buyumlarni dalolatnoma va ro‘yxat bilan hujjatsiz yuklar omboriga jo‘natadi.

Yuk egasining joylashgan joyini aniqlash mumkin bo‘lgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, unga zudlik bilan buyumlar joylashtirilgan joy haqida xabarnoma jo‘natiladi.

Buyumlarni saqlanganligi uchun to‘lov to‘lanadi.

Topilgan buyumlarni talab qilib oluvchi shaxs, o‘zining buyumlari egasi ekanligini, buyumlarning aniq alomatlarini, ular nimadan iborat ekanligini yozma ravishda ko‘rsatgan yoki buyumlarni qulflovchi qulflarga kalitni taqdim qilgan holda isbotlab berishi kerak. Agar buyumlar ular topib olingan yoki topshirilgan vokzalda saqlanayotgan bo‘lsa, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar tekshirilgandan keyin, vokzal boshlig‘i farmoyishiga asosan egasiga topshiriladi.

Bagaj (buyum)ni qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan varcha harajatlar uning egasi tomonidan qoplanadi.

  • Narsalarini olgandan so‘ng, egasi, unga tegishli bo‘lgan barcha to‘lovlarni to‘lashi, shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning ma’lumotlarini ko‘rsatib, narsalarni olganligi to‘g‘risida kvitantsiya berishi kerak.
Chat