Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5629 marta o'qildi

O‘limni qayd etish marhumning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi yoki o‘lim sodir bo‘lgan joydagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

O‘limni qayd etish to‘g‘risidagi ariza o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnoma berilgandan keyin 3 kundan kechikmay berilishi kerak.

Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘limini qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • o‘lim to‘g‘risida tibbiy guvohnoma yoki fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi had qiluv qarori;
  • marhumning pasporti, harbiy bileti;
  • 16 yoshgacha vafot etganlarning esa tug‘ilganlik haqida guvohnomasi.

O‘limni qayd etishda Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish mumkin.

Chat