Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 39 marta o'qildi

Ishga qabul qilishda dastlabki sinov qo‘llashdan maqsad:
  • xodimning topshirilayotgan ishga layoqatini tekshirish;
  • xodim ishni davom ettirishining maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelish.

Dastlabki sinov haqida mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Bunday shartlashuv bo‘lmasa, xodim sinovsiz ishga qabul qilingan hisoblanadi.

Dastlabki sinov qo‘llanilmaydigan xodimlar ro‘yxati
  • homilador ayollar, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;
  • aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobiga yuborilgan shaxslar;
  • ta’lim muassasasini tamomlagan kundan boshlab 3 yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar;
  • 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuziladigan shaxslar.

Sinov muddati 3 oydan oshib ketishi mumkin emas.

Chat