Sayt test rejimida ishlamoqda

Huquqiy axborot - hammaga, har doim, hamma joyda!

  • 1235 marta o'qildi

Tovarning xavfsizligini tasdiqlash uni sertifikatlashtirish bilan amalga oshiriladi.

  • Oziq-ovqat mahsuloti sanitariya, veterinariya, kabi qoidalarga mos bo‘lganda xavfsiz deb e’tirof etiladi.

Tovarni sertifikatlashtirishdan maqsad
  • odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulki hamda atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarilishining oldini olish;
  • iste’molchini vijdonsiz ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)dan himoya qilish.

Oziq-ovqat mahsulotini sotish yo‘l qo‘yilmaydigan holatlar
  • mahsulot sifati belgilangan talablarga nomuvofiq bo‘lsa yoki sertifikatlanadigan mahsulotlar sertifikatga ega bo‘lmasa;
  • saqlash va sotish uchun zarur sharoit bo‘lmasa;
  • yaroqlilik muddati tugagan bo‘lsa;
  • mahsulot qalbakilashtirilgan bo‘lsa;
  • mahsulotlarni taqqoslash mumkin bo‘lmasa.

Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar turlari ro‘yxati bilan havolada tanishing.

  • Agar sotib olingan tovar (oziq-ovqat) hayot uchun xavfli bo‘lsa, vakolatli organlarga murojaat qilish uchun havolaga o‘ting.

Sertifikatlashtirish qoidabuzarligi uchun javobgarlik

  • Majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarga jarima jazosi qo‘llanadi.
  • Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va xizmat ko‘rsatish uchun aybdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Chat