Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 41 marta o'qildi

Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka egalik qilish hamda ulardan foydalanish turar va noturar joy mulkdorlari kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladi (agar kelishuvga erishilmasa, mulkdorlardan birining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan hal qilinadi).

Ko‘p kvartirali uylardagi turar joy va noturar joy mulkdorlarining umumiy mol-mulki ob’ektlari:
  • uyning umumiy joylari (xollar, bolalar aravachalari joylari, chiqindi kameralari va boshqalar);
  • tayanch va to‘siq qurilmalar (devorlar, bostirmalar, poydevorlar);
  • kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoya;
  • zinapoyalar (yo‘lak ichidagi, tashqarisidagi, yo‘lakka kirishdagi);
  • liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar (ventilyatsiya shaxtalari, chiqindi shaxtalari va boshqalar);
  • dahlizlar, cherdaklar va tomlar;
  • texnik qavatlar va erto‘lalar;
  • uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari;
  • joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalar.

Chat