Sayt test rejimida ishlamoqda

Huquqiy axborot - hammaga, har doim, hamma joyda!

  • 6 marta o'qildi

Shaharlarda istiqomat qiluvchi hamda quyidagi mezonlarga taalluqli fuqarolar shahar joylarida qurilayotgan arzon ko‘p qavatli uy-joylarni sotib olish huquqiga ega:
  • uy-joyining yo‘qligi va ijara, bepul foydalanish shartlari asosida turar joyda yoki eskirgan uylarda yashayotganligi;
  • bir uyda (bir kvartirada) boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan birgalikda yashayotganligi;
  • ko‘p bolali oila;
  • ona (ota)ning to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotganligi;
  • ariza beruvchining oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;
  • oila tarkibida 1-guruh nogironligi mavjudligi;
  • turar joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy me’yorlarga muvofiq emasligi .
  • tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar.

Quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
  • ariza;
  • qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar;
  • fuqaroning uy-joyga muhtojligini tasdiqlovchi hujjatlar.

Birlamchi bozordan uy-joy sotib olish shartlari:
  • qishloq joylarda — uy-joy hisoblangan qiymatining 90 foizidan oshmaydigan miqdorda 15 yil muddatga va dastlabki badali sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • shaharlarda — uy-joy hisoblangan qiymatining 80 foizidan oshmaydigan miqdorda 15 yil muddatga va dastlabki badali sotib olinadigan kvartira qiymatining 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda.

Mazkur toifadagi ko‘p qavatli uy-joylarni olish uchun shahar hokimliklari huzurida tashkil qilingan hududiy komissiyalarga murojaat qilish zarur.

2020-yil 1-martdan boshlab subsidiyalar olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.

Ipoteka krediti 20 yil muddatga, shuningdek tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar uchun 25 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi.

Chat