Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 21184 marta o'qildi

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlariga quyidagi hollarda murojaat etilishi mumkin:
  • daraxtlar, butalar, boshqa o‘rmon o‘simliklari va nihollar g‘ayriqonuniy ravishda kesilganda;
  • tabiat bog‘lari hududida daraxt va butalar kesilganda;
  • o‘rmon fondidan foydalanish, yog‘och tayyorlash va tashib olib ketish tartibi buzilganda;
  • o‘simliklar ular o‘sadigan muhitda o‘zboshimchalik bilan yo‘q qilib yuborilganda;
  • Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar o‘zboshimchalik bilan yig‘ilganda;
  • falokatga uchragan va o‘zi uchun notabiiy sharoitda turgan hayvonlar ov qilinganda;
  • chiqindilar aholi punktlari erlarida saqlansa va bunday joylarga ko‘mib tashlansa.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining vakolatlari:
  • ekologik nazorat bo‘yicha reyd o‘tkazish;
  • qonun hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
  • tashkilotlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish haqida qaror qabul qilish;
  • ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jarima qo‘llash;
  • jismoniy va yuridik shaxslardan zararni undirib olish to‘g‘risida da’volar qo‘zg‘ash;
  • sudlarga murojaat etish.

Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari haqidagi ma’lumot bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.

  • manzil: Toshkent sh., Yashnobod tumani, To‘y-tepa ko‘chasi, 2A-uy
  • veb-sayt: eco.gov.uz
  • e-pochta: info@uznature.uz
  • telefon: (+99871)-207-07-70
Chat