Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Ushbu nafaqa turi quyidagi shaxslarga tayinlanadi:
Nafaqa miqdori 698 000 so‘mni tashkil qiladi.
Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi murojaat:
Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.
Nafaqa tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror sudga shikoyat qilish mumkin.
Savol: N. ismli shaxs voyaga etmagan o‘g‘li bolalikdan nogironlik nafaqasi olib kelayotganligi, yaqinda esa unga nisbatan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanganligi, shunday holatda o‘g‘li nogironlik nafaqasi yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasidan birini olish huquqini yo‘qotishi yoki yo‘qotmasligi haqida tushuntirish berishni so‘radi.
Javob: Nogironligi bo‘lgan bolaga, shuningdek, OIV infektsiyasiga chalingan 18 yoshga to‘lmagan bolaga tayinlangan nafaqa unga boshqa pensiyalar va nafaqalar, shu jumladan, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasi olishidan qat’i nazar to‘lanadi.
Demak, N. ismli shaxsning voyaga etmagan o‘g‘li ushbu holatda bir vaqtning o‘zida, ham nogironlik nafaqasini, ham boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega.