Rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqishga O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmaydigan summa doirasida ruxsat beriladi.
Ko‘rsatilgan summadan ortiqcha O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini jismoniy shaxslar — rezidentlar tomonidan olib chiqishga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalarining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Xizmat uchun to‘lov: bepul.
Muddat: 10 kun.
Ruxsatnomaning amal qilish muddati - 3 oy.