Sayt test rejimida ishlamoqda

Huquqiy axborot - hammaga, har doim, hamma joyda!

  • 36 marta o'qildi

Bank kartasi bankning mulki hisoblanadi. Bank kartasi egasining ruxsatisiz boshqa shaxs bank kartasidan foydalanishi mumkin emas.

►Bank kartalari karta hisobvarag‘i egasi, amal qilish tartibi va ma’lum bir to‘lov tizimiga tegishliligiga qarab har xil turlarga bo‘linadi.

Karta hisobvarag‘ining egasiga qarab bank kartalari
  • shaxsiy bank kartasi o‘z egasiga jismoniy shaxs (egasi)ning karta hisobvarag‘ida (karta hisobvaraqlarida)gi pul mablag‘larini boshqarish imkoniyatini beradi. Shaxsiy bank kartalari, shaxsiy bank kartochka egasining ishonchnomasiga asosan boshqa shaxslar (oila a’zolari, do‘stlari va boshqalar) tomonidan foydalanilishi mumkin;
  • korporativ bank kartasi o‘z egasiga — ya’ni, yuridik shaxsning vakolatiga ega xodim yoki yakka tartibdagi tadbirkorga, karta hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini boshqarish imkoniyatini beradi. Korporativ bank kartasi faqat naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oylik ish haqini va boshqa ijtimoiy xarakterdagi to‘lovlar, hamda naqd pul mablag‘larini to‘lash uchun ishlatilishi mumkin emas.

Amal qilish tartibiga ko‘ra
  • debet bank kartasi o‘z egasiga, bank kartasining emitenti va egasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga binoan, tegishli karta hisobvarag‘idagi pul mablag‘larining qoldig‘i doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga haq to‘lash va (yoki) naqd pul mablag‘larini (korporativ bank kartalari bundan mustasno) olish uchun tasarruf etish imkonini beradi;
  • kredit bank kartasi o‘z egasiga, bank kartasining emitenti va egasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga binoan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga haq to‘lash va (yoki) naqd pul mablag‘larini (korporativ bank kartochkalar bundan mustasno) olish uchun tegishli karta hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari qoldig‘idan ortiq operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Bank kartochkasi emissiyasiga ko‘ra
  • tizimli bank kartasi ikki va undan ortiq emitentlarni birlashtiruvchi, tegishli to‘lov tashkiloti tomonidan o‘rnatiladigan qoidalar doirasida, amaldagi to‘lov tashkiloti bitimiga asosan chiqariladi;
  • shaxsiy bank kartasi amaldagi to‘lov tashkilotlari bitimidan tashqari emitent tomonidan bevosita o‘rnatiladigan qoidalar doirasida chiqariladi;
  • kobeyjing bank kartalari kartaning old tomonida logotiplari joylashtirilgan bir necha to‘lov tizimlarida faoliyat yurituvchi bank kartasi hisoblanadi.

Bank xodimlari bank operatsiyalarini amalga oshirayotganda, karta egasidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni talab qilish huquqiga ega (pasport, ID-karta va boshqalar).


Bank kartalari egalarining huquq va majburiyatlari

Bank karta egasi quyidagi huquqlarga ega
  • to‘lov tashkiloti qoidalari va emitent bilan tuzilgan shartnomada ko‘zda tutilgan sharoit va tartibga asosan bank kartasi orqali operatsiyalarni amalga oshirish;
  • bank kartasi emitentidan kartochkadan foydalanish qoidalari, hamda ular orqali operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha bank karta egasi va emitentining javobgarlik chegarasi to‘g‘risidagi to‘liq axborotni olish;
  • bank kartasi emitentidan amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risida to‘liq axborot olish;
  • emitentlar tomonidan o‘z majburiyatlarini noto‘g‘ri bajarish natijasida etkazilgan zararlarni qoplashni, tuzilgan shartnomalarga asosan bank kartasi emitentidan talab qilish;
  • o‘z roziligiga ko‘ra, uning karta hisobvarag‘ini tasarruf etish imkoniyatini beruvi qo‘shimcha bank kartalarini chiqarish va rasmiylashtirishni emitentdan so‘rash;
  • karta hisobvarag‘ini kelgusida yopish sharti bilan bank kartochkalaridan foydalanishni rad etish.

Bank karta egasi quyidagilarga amal qilishi shart
  • shartnoma shartlarini, bank kartasidan foydalanish qoida va yo‘riqnomalarini bajarish;
  • to‘lov tashkiloti tomonidan o‘rnatilgan, bank kartasidan foydalanish qoida va tartiblarini bajarish;
  • bank kartasi yo‘qolganligi va bank kartasidan beruxsat foydalanilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lgan barcha hodisalar haqida emitentga qisqa muddat ichida xabar berish.


►Banklar haqidagi ma’lumotni mazkur havola orqali toping.

Chat