Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6759 marta o'qildi

Hakamlik muhokamasi davomida taraflarning huquqlari
  • hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik muhokamasi davomida o‘z da’vo talablarini yoki da’voga qarshi e’tirozlarini o‘zgartirish;
  • agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan bo‘lsalar, hakamlik sudi nizo bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar javobgar dastlabki da’vo bilan birga ko‘rib chiqish uchun da’vogarga qarshi da’vo taqdim etish;
  • da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish;
  • dalillar taqdim qilish.

Hakamlik muhokamasi taraflariga hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida oldindan xabarnoma yuborilishi yoki topshirilishi lozim.

 

Hakamlik sudi sudьyalarini tanlash huquqi

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudida hakamlik sudьyalari taraflar tomonidan hakamlik sudьyalari ro‘yxatiga kiritilgan sudьyalar orasidan saylanadi. Agar taraflar o‘zaro kelisha olmasa, ularni tayinlash doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining raisi tomonidan amalga oshiriladi.

Muvaqqat hakamlik sudida hakamlik sudьyalari hakamlik bitimi taraflari tomonidan saylanadi. Agar taraflar o‘zaro kelisha olmasa, hakamlik sudining raisi  tayinlaydi. Bunda ham nizo bartaraf etilmasa, nizo hal qilish vakolatli sudga topshiriladi. Bunda hakamlik bitimining amal qilishi tugatiladi.

Hakamlik sudьyalarining soni toq bo‘lishi kerak.

Hakamlik bitimi taraflari hakamlik sudьyalarining sonini ham o‘z xohishlariga ko‘ra belgilashlari, hakamlik sudi tarkibini shakllantirish tartibini kelishib olishlari mumkin. Agar hakamlik bitimi taraflari hakamlik sudьyalarining sonini belgilamasa, hakamlik sudining tarkibi 3 nafar hakamlik sudьyasidan shakllantiriladi.

Hakamlik sudьyasini rad qilish huquqi

Hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik sudьyasini rad qilish haqida arz qilishlari mumkin.

Hakamlik sudьyasi o‘zining rad qilinishi uchun asos bo‘luvchi holatlar mavjud bo‘lganda, o‘zini rad qilishi kerak.

Chat