Huquqiy axborot - hammaga, har doim, hamma joyda!

Bizning maqsad

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish

Ushbu portalni yaratish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan edi.

Uning ijrosini taʼminlash maqsadida, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Advice.uz loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyiha Buyuk Britaniyaning Citizens Advice tarmog‘i tajribalaridan foydalangan holda yaratildi.

Maʼlumot uchun: Citizens Advice – butun Buyuk Britaniya bo‘ylab faoliyat yuritadigan 316 ta mustaqil xayriya tashkilotlaridan iborat tarmoq bo‘lib, u fuqarolarga bepul huquqiy maslahat beradi. Tarmoq 1939 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda unda 7000 nafar xodim va 22 mingdan ortiq ko‘ngilli volonterlar faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 sentyabrdagi 741-son “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) tashkil etilib, 2019 yil 12 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

“Madad” NNTning asosiy maqsadi aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish orqali jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga ko‘maklashish hisoblanadi.

Portaldagi huquqiy masalalar
  • mehnat qonunchiligi;
  • chet elda ishlash tartibi — migratsiya;
  • pasport tizimi;
  • oila munosabatlari;
  • uy-joy, kommunal xo‘jalik;
  • fuqarolar tadbirkorligi;
  • ijtimoiy himoya masalalari;
  • sog‘liqni saqlash;
  • bank, soliq masalalari;
  • transport sohasidagi qonunchilik;
  • davlat xizmatlari;
  • isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish;
  • taʼlim qonunchiligi;
  • sud-huquq masalalari, huquqiy himoya;
  • majburiy ijro byurosi, nizolarni hal qilish;
  • harbiy xizmat.

Qanday qilib maslahat beramiz

Maxsus onlayn-maslahatchi xizmati orqali o‘zingizni qiziqtirgan huquqiy masalalarning yechimini topishingiz mumkin.

Bundan tashqari, hududiy byurolarimiz orqali bevosita huquqiy maslahatlar olishingiz mumkin.

Onlayn-maslahatchi xizmatidan foydalanish tartibi:

  1. Portalining onlayn-maslahatchi xizmati orqali huquqiy maslahatlar haftaning dushanba kunidan juma kunigacha (bayram kunlaridan tashqari) soat 09.00 dan 13.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha beriladi.

  2. Portalning onlayn-maslahati xizmatiga kelib tushgan murojaatlar "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq ko‘rib chiqilmaydi. Murojaatlarga real vaqt rejimida onlayn tarzda javob beriladi.

  3. Ushbu portal orqali yuridik shaxslar faoliyati, xususan tadbirkorlik masalasida hukuqiy maslahatlar berilmaydi. Tadbirkorlik sohasidagi savollaringizni B-Advice.uz portali orqali yo‘llashingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, portalda joylashtirilgan barcha maʼlumotlar va onlayn-maslahatchilar tomonidan berilgan javoblar tavsiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, masalaning huquqiy yechimini tez topishga qaratilgan.

"Madad" NNTga tashriflar

☑️ Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining sobiq o'rinbosari Alan Dunkan boshchiligidagi delegatsiya tashrifidan lavhalar

 

☑️ Germaniya Federativ Respublikasi “Oygen Biser” fondi rahbari, Bavariya federatsiyasining sobiq bosh vaziri Gyunter Bekshtayn tashkilotning markaziy ofisiga tashrifidan lavhalar

 

 

☑️ Buyuk Britaniyaning «Government Partnership International» tashkiloti vakillari Leyla Brosnan, Lusi Darling va Oliver Kerr ishtirokida tajriba almashish hamda fuqarolarga huquqiy bepul yuridik yordam ko'rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha uchrashuvdan lavhalar




 

Hamkorlik aloqalari

☑️ «Madad» NNT va Toshkent davlat yuridik universiteti o'rtasida aholiga bepul yuridik yordam ko'rsatish maqsadida hamkorlik aloqalari o'rnatildi

 

 

☑️ «Madad» NNT va Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi o'rtasida iste'molchilar huquqlari va ularning manfaatlarini himoya qilish maqsadida hamkorlik aloqalari o'rnatildi

 

 

☑️ “Madad” NNT va O'zbekiston Respublikasi Notarial palatasi o'rtasida aholiga notarial xizmatlar va bepul yuridik yordam ko'rsatish sifatini oshirish maqsadida hamkorlik aloqalari o'rnatildi

 

 

☑️ “Madad” NNT va "Darakchi" gazetasi o'rtasida aholining huquqiy madaniyati, huquqiy bilimi va savodxonligini doimiy ravishda oshirib borish maqsadida hamkorlik aloqalari o'rnatildi

 

 

Infografikalar

"Madad" NNTning 2020 yil birinchi yarim yilligidagi asosiy ko'rsatkichlari

 

"Madad" NNTning 1 yillik faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida infografika

 

Jismoniy va yuridik shaxslar o'zlarini qiziqtirgan masalalar bo'yicha ariza, taklif va shikoyatlar bilan davlat organlarining ishonch telefonlariga murojaat qilishi mumkinligini eslatib o'tamiz. Ishonch telefonlari ro'yxati bilan havola orqali tanishing.

Bizning jamoa

Chat