Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15922 marta o'qildi

Yashash guvohnomasi - xorijiy shaxsning yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.



Doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
  • belgilangan shakl bo‘yicha 2 nusxada ariza — so‘rovnomalar;
  • arizachi doimiy yashash niyatida bo‘lgan qarindoshlari (tanishlari) ning arizachi iltimosiga o‘z munosabatlari to‘g‘risida notariat tomonidan tasdiqlangan arizalari, shuningdek qarindoshlar (tanishlar)ning uy-joyga egalik huquqini va unda yashovchi shaxslar sonini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • nikoh to‘g‘risidagi, bolaning tug‘ilganlik haqidagi hujjatlarning notariat tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
  • davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida kvitantsiya;
  • kattaligi 35x45 millimetrli 2 ta fotosurat.

  • Xorijiy shaxslar uchun yashash guvohnomasi 5 yil muddatga beriladi, ammo xorijiy davlat pasportining amal qilish muddatidan oshmasligi kerak, 60 yoshga to‘lganda esa — xorijiy davlat pasporti amal qiladigan butun muddatga beriladi.
  • Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yashash guvohnomasi 5 yil muddatga, 60 yoshga to‘lganda esa muddatsiz beriladi.

Yashash guvohnomasi quyidagi hollarda almashtiriladi
  • familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganida;
  • millatini, tug‘ilgan yilini o‘zgartirganda;
  • yozuvlardagi chalkashlik aniqlanganda;
  • alohida belgilar uchun mo‘ljallangan varaqlar to‘lganda;
  • amal qilish muddati tugaganda;
  • foydalanishga yaroqsiz holga kelganda.

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsat berish to‘g‘risidagi hujjatlarni vakolatli organlarning har birida ko‘rib chiqish muddati 1 oydan oshmasligi kerak.
  • Xorijiy shaxs va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun yashash guvohnomalari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi quyidagi hollarda o‘z kuchini yo‘qotadi.
Chat