Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9951 marta o'qildi

Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

  • Unga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olishlari mumkin.

O‘qishga kirish uchun abiturientlar har yili 10 iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.

  • E’tiborli joyi, davlat grantida o‘qiganlar diplomning ko‘chirmasi bilan ham ro‘yxatdan o‘ta oladi. Hozir kuchda bo‘lgan Nizomga ko‘ra, faqat diplomning asli talab etilar, natijada byudjetda o‘qiganlar 3 yil o‘tmasdan hujjat topshirolmasdi.

Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan e’lon qilinadi. 

  • Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘qish 2-kursdan boshlanadi. O‘qish davomiyligi bakalavriat ta’lim yo‘nalishidan 1 yilga kam etib belgilanadi.
Chat