Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7018 marta o'qildi

Talaba yoshlarni o‘z ustida muntazam ishlash va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishga undash maqsadida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

Quyidagilar belgilandi:

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi kvotasi:

  • tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun ikki barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta;
  • bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir oliy ta’lim muassasasiga 1 ta.

b) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qaipbergenov hamda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari davlat oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yurituvchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.

Shuningdek:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining dastlabki bosqichi oliy ta’lim muassasasi tomonidan o‘tkaziladi va tanlovning navbatdagi bosqichiga tavsiya etiladigan talabgorlar tegishli oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida aniqlanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan o‘tkaziladi;

qo‘shma ta’lim dasturi asosida davlat oliy ta’lim muassasasini, respublikada faoliyat yurituvchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotining filialini yoki nodavlat oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar ham davlat oliy ta’lim muassasasi magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:

  • Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxati hamda Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq ta’lim sohalarini inobatga olgan holda tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda bakalavriat bosqichi talabalari uchun nomli davlat stipendiyalarining tanlov yo‘nalishlari ro‘yxatini tasdiqlaydi;
  • har yili bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari kvotalari bo‘yicha takliflarni oliy ta’lim muassasalari kesimida Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritib boradi;
  • tizimida oliy ta’lim muassasasi mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining dastlabki bosqichi oliy ta’lim muassasalari tomonidan shaffof, adolatli va yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Chat