Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 159 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi etib qayta nomlansin va 2023-yil 15-iyundan boshlab hunarmandchilikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Kasanachilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi bo‘yicha subsidiya ajratish tartibi hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagi subsidiyalarni ajratiladi:

  • kasanachilikni tashkil etgan mahallalar joylashgan hududdan qat’i nazar, har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida;
  • 2025-yil 1 yanvarga qadar kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan ishsiz va ish qidirayotgan, shuningdek, «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» yoki «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xom ashyo xarid qilish bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun, biroq har bir kasanachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda;
  • kasanachilik yoki hunarmandchilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda;
  • kasanachilarni kasb-hunarga o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni uch oygacha bo‘lgan muddatda qoplash uchun, biroq har bir kasanachi uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha miqdorda;
  • nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasanachilik yo‘nalishida o‘quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchiga kasbga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan oshmagan miqdorda;
Chat