Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi yetakchi xorijiy OTMlarda o‘qitiladi

  • 26.01.2024
  • 199 marta o'qildi

 Qarorga ko‘ra2024/2025 o‘quv yilidan:

  • tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTMlar va markazlarda o‘qitiladi;

  • tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan internatura tashkil etiladi;

  • Toshkent tibbiyot akademiyasining taʼlim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;

  • tibbiyot yo‘nalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi. 

Quyidagi magistrlik yo‘nalishlari joriy etiladi hamda har yili kamida 150 nafar mutaxassislarni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash choralari ko‘riladi: 

  • Jamoat salomatligini tashkil etish va boshqarish” (Public Health and Healthcare Management); 

  • Jamoat salomatligi: epidemiologiya va maʼlumotlar tahlili” (Public Health: Epidemiology and data science/data analytics); 

  • Jamoat salomatligi: ovqatlanish” (Public Health: Nutrition); 

  • Profilaktik tibbiyot” (Preventive Medicine);

  • Jismoniy faollik va reabilitatsiya” (Physical Activity and Rehabilitation).

Chat