Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Ayrim nafaqa miqdorlari oshirildi

  • 01.02.2024
  • 231 marta o'qildi

Prezident Farmoni (PF-24-son, 31.01.2024 y) bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi

Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 fevraldan quyidagi nafaqalar miqdori 621 ming so‘m etib belgilandi:

  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa fuqarolarga nafaqa;

  • ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda;

  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa;

  • boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa (keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun — 212 000 so‘m); 

  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.

Mazkur miqdorlar rasmiy eng kam isteʼmol xarajatlaridan kelib chiqib belgilangan.

Chat