Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–901-son, 01.02.2024 y.) Prezident tomonidan imzolandi

  • 02.02.2024
  • 1240 marta o'qildi

Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.

Pedagogning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi.

Umumiy o‘rta taʼlim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktiriladi.

Qonunga ko‘ra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

  • pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;

  • pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi taʼminlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

  • pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Chat