Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

AQSH va Germaniyada “O‘zbekiston IT-kunlari” xalqaro tadbirlari o‘tkaziladi

  • 28.02.2024
  • 131 marta o'qildi

Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-87-son, 26.02.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda IT-sanoatni rivojlantirish, aholini yuqori daromadli ish o‘rinlari va zamonaviy kasblar bilan taʼminlash, shuningdek, hududlarga IT-xizmatlar eksport qiluvchi korxonalarni keng jalb qilishga qaratilgan dastur (Zero Risk); 

  • mahalliy bozor uchun IT-xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarni xalqaro IT-bozorga olib chiqish, ularning eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyiha (Local to Global).

2024 yilda Germaniya va Saudiya Arabistonida asosiy faoliyati mahalliy korxonalar uchun IT-xizmatlar bo‘yicha buyurtmalarni jalb qilishga qaratilgan IT-park vakolatxonasi (filiali) faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda, IT-park direksiyasiga mazkur xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalar (filiallar) faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 2027 yil 1 yanvargacha har bir vakolatxona (filial)ga yiliga 200 ming AQSH dollari ekvivalentigacha moliyalashtirish uchun mablag‘ yo‘naltirishga ruxsat beriladi.

Xorijiy mamlakatlarda muntazam ravishda, shu jumladan 2024 yilda AQSH va Germaniyada “O‘zbekiston IT-kunlari” xalqaro tadbirlari o‘tkaziladi.

Chat