Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

#Kunning muhim yangiliklari: Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi

  • 26.04.2024
  • 58 marta o'qildi

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-162-son, 19.04.2024 y) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari (davlat ishtirokidagi korxonalar) birinchi rahbarlarining asosiy vazifalaridan biri etib o‘z sohasida xususiy sektor ulushini muttasil oshirib borish, raqobat muhiti shakllangan sohalardagi, shuningdek, ularning faoliyatiga xos bo‘lmagan, samarasiz foydalanilayotgan va bo‘sh turgan aktivlarini xususiylashtirish (sotish) belgilandi.

Shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:

  • Ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiya paketlari (ulushlari) ro‘yxati;

  • Ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxati;

  • Mahalliy fond bozorida aksiyalarining birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o‘tkaziladigan korxonalar ro‘yxati.

Davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarining ommaviy taklifini o‘tkazish jarayonida:

  • qabul qilingan buyurtmalar asosida aksiyalarni uyushgan savdolarda sotishda oldi-sotdi bitimlari investitsiya vositachilari tomonidan qatʼiy ravishda “Toshkent” RFB savdo maydonchasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi;

  • mahalliy investorlarning buyurtmalarini qabul qilish “Toshkent” RFB savdo maydonchasida amalda bo‘lgan usullarga qo‘shimcha ravishda, “E-AUKSION” elektron savdo platformasi, shu jumladan uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. 

Chat