Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Mualliflik huquqining yuzaga kelishi

  • 17.02.2023
  • 1348 marta o'qildi

Amaldagi qonunchilikka muvofiq intellektual mulk obyektlari ikki guruhga bo‘linadi.

Bular:

  • Sanoat mulki obyektlari (tovar belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, ixtiro va foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari hamda geografik ko‘rsatgichlar);
  • Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlari (adabiy va badiiy asarlar, ijrolar, fonogrammalar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va h.k.).

O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lgan sanoat mulki obyektlariga nisbatan huquqlarini himoya qilishlari uchun ushbu obyektlar belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. 

Ma’lumot uchun: Sanoat mulki obyektlari Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Biroq mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlarining himoya qilish tartibi sanoat mulki obyektlaridan farq qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq fan, adabiyot va san’at asariga mualliflik huquqi uni yaratish fakti bo‘yicha yuzaga keladi. Ya’ni sanoat mulki obyektlarida bo‘lgani kabi mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.

Ushbu Qonunning 10-moddasiga ko‘ra, asarning asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida ko‘rsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan bo‘lsa, asar muallifi hisoblanadi.

Chat