O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 sentyabrdagi 741-son “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilib, 2019 yil 12 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
“Madad” NNTning asosiy vazifalari:
Uning ijrosini taʼminlash maqsadida, O‘zbekistondagi Buyuk Britaniyaning Toshkent elchixonasi bilan hamkorlikda "Birlamchi bepul huquqiy maslahat" loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyiha Buyuk Britaniyaning Citizens Advice tarmog‘i tajribalaridan foydalangan holda yaratildi.
Amaliyot natijalari, foydalanuvchilarning ehtiyojlariga moslashtirish uchun Advice.uz saytining funksional imkoniyatlarini kengaytirish zarurligini ko‘rsatdi. Saytning yangi versiyasi USAIDning Huquqni isloh qilish dasturi ko‘magida ishlab chiqilgan. Shuningdek, USAID dasturi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalarini texnik jihozlashda ko‘maklashdi hamda “Madad” NNT xodimlari va maslahatchilari salohiyatini oshirishga ko‘maklashishda davom etmoqda.
Maʼlumot uchun: Citizens Advice – Buyuk Britaniyada 1939 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hayriya tashkiloti hisoblanadi va fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar beradi.
Jismoniy va yuridik shaxslar o'zlarini qiziqtirgan masalalar bo'yicha ariza, taklif va shikoyatlar bilan davlat organlarining ishonch telefonlariga murojaat qilishi mumkinligini eslatib o'tamiz. Ishonch telefonlari ro'yxati bilan havola orqali tanishing.