Jizzax davlat pedagogika universitetiga mustaqil tadqiqotchi sifatida qabul qilinganim haqida yozgan edim. Ammo OAK men yashayotgan hududda, ya'ni Samarqandda ham ilmiy kengash borligini aytib, shu joyga borishing kerak deyapti. Bu masalani avval ham advice.uz ga yozgandim. Ularning talabi qonuniymasligini aytib, "Сиз 304-сонли қарорда бундай талаб йўқлигини ОАК топшириғи Вазирлар Маҳкамаси қароридан устун эмаслигини тушунтиринг " deb yozgandingiz. Ammo ular buni tushunishni istamayapti. Telefon orqali surasam, hududingga bor deb turib olgan. yozma surovimga javob bermayapti. Shu masala buyicha qayerga murojaat qilsam buladi?