Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Bog‘chalardagi oliy maʼlumotli tarbiyachilar oyligi o‘qituvchilar oyligiga tenglashtiriladi

  • 31.05.2023
  • 1049 marta o'qildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023 y.) qabul qilindi 

Farmonga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich:

  • maktablarning 1–4-sinflarida o‘quvchilarga boshlang‘ich, 5–9-sinflarida tayanch hamda 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik majmualar joriy etiladi;

  • baholashning yangi tartibi joriy etiladi. Bunda o‘quvchining o‘tilgan mavzuni amaliyotda qo‘llay olishi, tanqidiy fikrlash va tahlil ko‘nikmalari baholanadi;

  • boshlang‘ich sinflarda informatika, o‘rta sinflarda esa moliyaviy savodxonlik darslari o‘tiladi;

  • barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi.

2024 yil 1 yanvardan maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi

Bunda 2023/2024 o‘quv yilidan o‘qituvchilar stajyor-o‘qituvchi sifatida ishlaydi va 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi.

2024 yil 1 yanvardan davlat bog‘cha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi. 

Bunda malaka toifasi uchun sinovlar 1 yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi.

2024 yil 1 iyundan bog‘chalardagi oliy maʼlumotli tarbiyachilarning oyligi maktab o‘qituvchilari oyligiga tenglashtiriladi.

Chat